Xavi "Barsa"da tartibni ideal darajaga olib chiqmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
21 sen 2022, 13:20
Xaver Ernandes ancha qiyin vaziyatga tushib qolgan "Barselona"ni avvalgi darajasiga qaytarish yo'lida astoydil mehnat qilmoqda.

Murabbiy kech qolganlarga, ekstremal sport turlari bilan shug'ullanganlarga jiddiy jarimalar belgilab ulgurgandi, endi ish ijtimoiy tarmoqlarga va reklama masalalariga ham yetib bordi. 


Endi "Barselona"da quyidagilar ???? taqiqlanadi:
Mashg'ulot vaqtida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish. Endi mashg'ulot zalida turli videolar olib shug'ullanishning imkoni bo'lmaydi;

Klub va jamoadoshlari obro'siga putur etkazuvchi rasm va postlar qoldirish;

Klubning reklama akciyalariga qarshi chiqish, rad etish. Bunday harakat uchun futbolchiga maoshining 10% miqdorida jarima belgilanishi ko'zda tutilgan.


Bunday jarimalar bilan yaqinda klub boshqa pul manbalarini izlashiga ham zarurat qolmaydi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia