

Mazkur uchrashuvga oid bir qancha qiziqarli ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilamiz.
1. "Paxtakor" navoiyliklar ustidan Superligadagi 38 g'alabasini qo'lga kiritdi. "Qizilqum" esa 2017 yildan beri hali ochko olishni uddasidan chiqqani yo'q.
2. 2004 yilda tug'ilgan Rustam Turdimurodov bugun "Paxtakor" libosida Superligada debyut qildi. U 90+3 daqiqada Dragan Cheranning o'rniga maydonga tushirildi.

3. Dragan Cheran joriy yil "sherlar" libosida Superligadagi 6 golini urdi.
4. "Paxtakor"ning Superligadagi mag'lubiyatsiz seriyasi davom etadi. Hozircha Slavche Voyneski shogirdlari 5ta durang, 5ta g'alaba qayd etishgan.

5. "Qizilqum" Superligadagi 4 mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
6. Shavkat Nasibullaev bu yil "Qizilqum" ishtirokidagi ikkinchi o'yinda ishladi. Barchasida Navoiy shahri jamoasi mag'lubiyatga uchradi, AGMK 1:4, "Paxtakor" 0:2.

7. Sardor Rashidov ham 12-turga kelib gollari sonini ochdi. Joriy yil hisobidan Superligadagi ilk golini "Qizilqum"ga urdi.
8. Dragan Cheran "Qizilqum" bilan o'zaro o'yinlardagi "Paxtakor" tarkibidagi 7 golini urdi. Bu borada eng yaxshi ko'rsatkich Zayniddin Tojievda,8ta gol.




