Chempionlar ligasida hafta futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Aziz Tukhtamuradov
10 dek 2021, 07:38
UEFA YCHLda 6-turning eng yaxshi futbolchisini aniqlash bo'yicha so'rovnoma boshladi.

Ro'yxatdan to'rt nafar futbolchi o'rin olgan. 

Unga ko'ra:

"Lill" yarim himoyachisi Jonatan Ikone - "Volfsburg" bilan o'yinda 2 golli uzatma (3:1)

"Vilyareal" yarim himoyachisi Arno Dandjuma - "Atalanta" bilan o'yinda 2 ta gol (3:2)

"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann - "Portu"ga qarshi o'yinda gol va golli uzatma (3:1)

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe - "Bryugge"ga qarshi bahsda 2 ta gol va golli uzatma (4:1).

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA