Chempionlar ligasi Ronalduning musobaqasi

Tolibjon Qosimov
28 may 2018
Yevropa Chempionlar ligasining 2017-2018 yilgi mavsumi ham o'z nihoyasiga etdi.

Unda Madridning "Real" klubi ketma-ket uchinchi bor g'oliblikni qo'lga kiritdi.

"Qirollik klubi" yulduzi Krishtianu Ronaldu esa YCHL aynan uning musobaqasi ekanligini isbotlashda davom etmoqda. Quyida portugaliyalik futbolchining ushbu musobaqadagi statistikasini e'tiboringizga havola etamiz.

Krishtianu Ronalduning YCHLdagi statistikasi:

Eng ko'p gol - 120ta gol
Eng ko'p g'alaba - 97ta
Eng ko'p sovrin  - 5ta
Bir mavsumda eng ko'p gol - 17ta
Bir taqvim yilida eng ko'p gol - 19ta
Eng ko'p ketma-ket o'yinlarda gol urgan futbolchi - 11ta o'yinda
Musobaqada eng ko'p to'purar bo'lgan - 7 bor
YCHL finallarida eng ko'p gol - 3ta


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Squawka