Bugun futbolchilarimiz navbatdagi mashg'ulotni yakunlashdi. Avval xabar berib o'tkanimizdek, tarkibda bir qator futbolchilar ko'rikdan o'tishmoqda. Yig'in avvalida Shixov, Meliboev, Georgiev safga qo'shilishgan bo'lsa keyinroq Azamat Bobojonov ham murabbiylar ixtiyoriga yetib kelgandi. Bugun tarkibga moldovalik yana bir futbolchi Vadim Chemirtan ham qo'shildi. Ushbu futbolchi biroz oldin “Buxoro” jamoasiga jalb qilingandi. Endilikda Chemirtan “Navbahor”da ko'rikdan o'tmoqda. Bo'ydor futbolchini hujum chizig'ida harakat qilishini qo'shimcha qilish joiz. Moldovalik 27 yoshli hujumchining so'nggi klubi “Veris” bo'ladi. Shuningdek, u faoliyati davomida "Akademiya", "Kostulen", "Tigin", "Iskra-Stal", FK "Tiraspol", "Dinamo" (Bendera) va "Nistru" klublari safida ham to'p surgan.
Serbiyadan taklif etilgan futbolchi Aleksandar Leposavich oldin ma'lum qilganimizdek, Navbahor”ni tark etdi. Ma'lumotlarga ko'ra Leposavich “Qo'qon-1912” safiga qo'shilibdi. Bolgariyalik posbon Emil Mixaylov esa shu kunlarda yurtimizga yetib keladi.