"Chelsi" "Yuventus" forvardini sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
25 iyul 2018, 14:48
"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

"Chelsi" argentinalik forvardga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "aristokratlar" hujumchi uchun 57 mln. funt to'lashga tayyor. "Yuventus" yozgi transfer oynasida katta pul sarfladi va endi o'z futbolchilarini sotib, moliyaviy feyr-pley qoidalari talabini bajarmoqchi.

Oldinroq, Iguainga "Milan" da'vogarlik qilayotgani haqida e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Evening Standard