"Chelsi" yana bir katta transfer amalga oshirishi mumkin

Mirjalol Normatov
7 avg 2022, 17:27
"Chelsi" "Lester" futbolchisi Uesli Fofanani 85 million funt evaziga transfer qiladi.

"The Guardian" nashrining yozishicha, barchasi 24 soat ichida hal bo'ladi. Shu orqali "Chelsi" yozgi transferlar oynasi vaqtida futbolchilarni sotib olish uchun 200 million funtni ishlatib yuborgan hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, "aristokratlar"ga yozda Rahim Sterling, Kalidu Kulibali, Karni Chukvuemeka, Gabriel Slonina va Mark Kukurelya kabi futbolchilar kelib qo'shildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Guardian