"Chelsi" va PSJ "Barselona" yarim himoyachisi Pyanichga qiziqmoqda

Alisher
20 may 2021, 14:25
"Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanich "Chelsi" va PSJ tomonidan qiziqishga sabab bo'lmoqda.

31 yoshli bosniyalik futbolchi yozgi transferlar oynasida ushbu ikki klubdan biriga ijaraga berilishi mumkin.

11 mayda xabar berilganidek, futbolchi 2020 yilning yoziga qadar o'ynagan jamoasi "Yuventus"ga qaytishi mumkin.

Pyanich joriy mavsum "Barselona" tarkibida 29ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: le10sport