"Chelsi" Upamekano, de Ligt va Kundega qiziqmoqda

Alisher
11 iyul 2022, 13:40
"Chelsi" yozgi transfer oynasida kamida ikki markaziy himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

London klubi "Bavariya"dan Dayo Upamekano, "Yuventus"dan Matteys de Ligt va "Sevilya"dan Jyul Kundega qiziqmoqda.

Qayd etish kerakki, londonliklar xo'jayini Todd Boeli de Ligtning transferi borasida muzokaralar olib bordi, ammo klub "Bavariya" tomonidan jiddiy raqobatni biladi.

Shu bilan birga, 22 yoshli niderlandiyalikning Myunxen klubiga o'tishi Upamekanoning ketishiga olib kelishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Evening Standard