"Chelsi" Remsdeylga qiziqmoqda. Posbon "Arsenal"da o'z o'rnini deyarli yo'qotib bo'ldi

Administrator
26 okt 2023, 00:20
David Rayya "Arsenal"ning asosiy darvozaboniga aylanib oldi.

"Arsenal" klubining oldingi mavsuvdagi asosiy darvozaboni Aaron Remsdeyl "Chelsi"ga o'tishi mumkin. London klubi Aaronni sotib olishni maqsad qilgan. Remsdeyl "Arsenal"da o'z o'rnini David Rayyaga deyarli topshirib bo'ldi. Sentyabrning o'rtalaridan beri "to'pchilar" darvozasini Rayya qo'riqlamoqda. 

"Chelsi" Aaron Remsdeylni qishki transferlar oynasida o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'radi. Londonliklar darvozabon Robert Sanchesning yomon formasidan tashvishda. Remsdeylning o'zi "Chelsi"ga o'tishga rozi bo'ladimi, yo'qmi, bunisi noma'lum. Sababi, klub YCHLda ishtirok etmaydi. 

Ma'lumot uchun, Aaron Remsdeyl ushbu mavsum APLda to'rtta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Daily Mail