Rasman: Angliya terma jamoasi darvozaboni "Sautgempton"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
30 avg 2024
Posbon Aaron Remsdeyl "Arsenal"ni tark etib, "Sautgempton"ga yo'l oldi.

Angliya terma jamoasi safida 5 ta o'yin o'tkazgan 26 yoshli Remsdeyl "Sautgempton" bilan "4+1" ko'rinishida shartnoma imzoladi.



"Arsenal" belgilangan 25 mln funtdan 18 mln funtini darhol oladi.  Agar "Sautgempton" ushbu mavsum quyi ligaga tushib ketmasa, "kanonirlar"ga yana 1 mln funt to'lanadi, qolgan summa esa bonuslar bo'ladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: southamptonfc.com