Chelsi, MYU va Manchester Siti Levandovski uchun kurashga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
10 yanv 2016, 09:23
Bavariya hujumchisi Robert Levandovski Angliya top-klublari e'tiboriga tushib qoldi.

The Independent nashri xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchini yozda Chelsi, Manchester Yunayted va Manchester Siti kabi klublar sotib olishmoqchi.

Levandovskining o'zi ham kuchini boshqa chempionatda sinab ko'rishni istayapti.

Futbolchining transfer narxi 70 million funtga baholanmoqda. Ingliz grandlaridan tashqari Robertga Real, Barselona va PSJ klublari ham qiziqmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: independent.co.uk