“Chelsi” “Liverpul” to'rt marta taklif yuborgan futbolchini ilib ketdi

Alisher
16 avg 2023, 08:37
“Chelsi” "Sautgempton" va Belgiya termasi yarim himoyachisi Romeo Lavia bilan kelishuvga erishdi.

London klubi futbolchining transferi uchun 67 million evro to'laydi. Futbolchining o'zi bilan esa 7+1 ko'rinishidagi shartnomaga imzo chekadi. Lavia bugun London jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq “Liverpul” futbolchini sotib olish uchun “Sautgempton”ga to'rt marta taklif yuborgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sports.ru