"Chelsi" YCHLga yo'llanma olmasa ham Potter iste'foga chiqarilmaydi

Aziz Tukhtamuradov
2 fev 2023, 08:50
"Chelsi" omadsizliklar sabab yaqin orada Grem Potterni iste'foga chiqarmaydi.

Klub xo'jayinlari transferga yirik miqdorda pul sarflaganliklariga qaramay, hozircha sovrinlar talab qilmaydi. Ular 47 yoshli murabbiyga jamoani shakllantirib olish uchun vaqt berishadi. 

So'nggi ikkita transfer oynasi mobaynida londonliklar 16 nafar futbolchi xarid qilishdi, yana 2 nafar futbolchini ijaraga olishdi. 

Ammo rahbariyat ushbu mavsum yakuniga ko'ra Chempionlar ligasi yo'llanmasidan quruq qolish holatini to'g'ri qabul qiladi. 

Ayni paytda "Chelsi" APL turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Guardian