"Chelsi", "Barselona" va "Real" "Sevilya" himoyachisi Kunde uchun kurash olib bormoqda

Alisher
27 fev 2022, 13:37
"Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

Jurnalist Florian Plettenbergning xabariga ko'ra, 23 yoshli fransiyalik futbolchining vakillari "Chelsi", "Barselona" va "Real" bilan muzokaralar olib bormoqda.

"Bavariya" ayni damda o'yinchi uchun da'vogarlik qilmayapti.

Kunde 2021/22 yilgi mavsum "Sevilya" tarkibida 30ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi. Transfermarkt himoyachini 60 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Germany