"Chelsi" "Barselona" futbolchisi uchun 40 million evro berishga tayyor

Tolibjon Qosimov
25 iyul 2017, 21:56
"Chelsi"ga o'tishga yaqin kelgan Danilo yakunda "Manchester Siti"ni tanlagan edi.

Shu sabab, "aristokratlar" rahbariyati e'tiborlarini "Barselona" futbolchisi Serxi Robertoga qaratishdi. Ma'lum qilinishicha, ingliz klubi o'yinchi uchun 40 million evro berishga tayyor.

Robertoning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasida tovon puli aynan shuncha deb ko'rsatilgan. Ayni paytda londonliklar ispan klubiga bu borada rasmiy taklif jo'natishmadi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sport.es