"Chelsi" "Arsenal" futbolchisi uchun 40 mln. evro sarflamoqchi

Aslanov Jasurbek
5 avg 2018, 17:45
"Chelsi" "Arsenal" yarim himoyachisi Aaron Remsini xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Ko'klar transfer oynasi yopilguniga qadar kelishuvning barcha detallarini hal qilmoqchi. Ma'lumotlarga ko'ra, "Chelsi" uelslik uchun 40 mln. evro sarflashga tayyor. Oldinroq, 27 yoshli futbolchiga "Liverpul" ham qiziqayotgani e'lon qilingan edi.

Remsi 2008 yilda "Kardiff Siti"dan "Arsenal"ga o'tgan. U 10 yil ichida "to'pchilar" bilan 3 marta Angliya Kubogida g'olib chiqqan.

So'nggi mavsum Aaron London klubining Premer-ligadagi 24ta uchrashuvida maydonga tushib, 7ta gol urdi va 8ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Express