Yo'g'e!? Remsi "Yuventus"ga o'tishdan oldin "Real" va "Barselona"ga "yo'q" degan ekan

Aslanov Jasurbek
13 fev 2019, 17:56
"Arsenal" yarim himoyachisi Aaron Remsi "Yuventus"ga o'tishdan ispan grandlaridan taklif olgan ekan.

Bu haqda BBC muhbiri Devid Ornshteyn ma'lum qildi.

Remsiga "Real", "Inter", PSJ, "Bavariya" va "Barselona"dan takliflar bo'lgan. "Yuventus" esa moliyaviy jihatdan hammadan ustun taklif bilan chiqdi" - deydi Ornshteyn.

Uelslik futbolchi 2019 yilning 1 iyulida "Yuventus" futbolchisiga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC Sport