

"Championat.asia" sayti o'z ananasiga sodiq qolgan holda yilning eng yaxshilarini aniqladi.
Demak, "Championat.asia" talqiniga ko'ra, yilning eng yaxshi murabbiyi - Shota Arveladze ("Paxtakor").
Gruziyalik murabbiy "Paxtakor"ni ketma-ket ikkinchi yil ham O'zbekiston chempioni qildi, ham Kubokda g'olib bo'ldi. Pandemiya tufayli to'xtalishlarga va juda tig'iz taqvimga qaramay yakunda ichki barcha musobaqalarda g'olib bo'lgan mutaxassis haqli ravishda yilning eng yaxshi murabbiyiga aylandi. Bundan tashqari, "sherlar" Shota boshchiligida OCHLning markazlashgan bellashuvlarida ham mazmunli o'yin namoyish etishdi va ko'pchilikning diqqatini tortishdi.
Arveladze eng yaxshi murabbiy bo'lishda Ro'ziqul Berdiev va Mirjalol Qosimov kabi mutaxassislarni ortda qoldirdi.


"Championat.asia" talqini: Yilning eng yaxshi futbolchisi - Jaloliddin Masharipov
"Championat.asia" talqini: Yilning eng yaxshi to'purari - Dragan Cheran
"Championat.asia" talqini: Yilning eng yaxshi darvozaboni - Abduvohid Ne'matov
"Championat.asia" talqini: Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi - Husayin Norchaev



