Championat.asia'ni SPORTRECS'da qo'llab-quvvatlang

Narzulla Saydullayev
15 fev 2021, 13:42
So'nggi yillarda insoniyatning videolarga bo'lgan talabi anchagina o'sib ketganini hech kim inkor qila olmaydi.

Deyarli har kuni dunyo aholsining kattagina qismi yangiliklar, intervyular, sport musobaqalari, musiqiy kliplar, kinofilmlar va boshqalarni aynan video tomosha qilish orqali kuzatmoqda.

Championat.asia sayti jadal suratlar bilan rivojlanib, geografiyasi soat sayin kengayib borayotgan SPORTRECS video tizimi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi.

SPORTRECS - bu sport muxlislari va tomoshabinlari uchun mo'ljallangan xalqaro video servis. Har kuni butun dunyodan yuzlab sport tashkilotlari o'z sport tadbirlarini translyatsiya qiladilar va o'z videolarini SPORTRECS tizimiga joylaydilar. Ushbu tizim 2019 yil dekabr oyida tashkil etilgan.

Ayni paytga kelib hamkorlar orasida UFC (Russia), Euroleague Basketball, NBA by Megogo, OKKO SPORT, TVNSPORT (Brasil), FNL (Russia), PRVA League (Slovenia) va boshqalar bor.

Endi saytimizdagi intervyularni, loyihalarini va boshqa video mahsulotlarni ushbu video tizim orqali qulay tarzda tomosha qilishingiz mumkin. Videolarni o'tkazib yubormaslik uchun SPORTRECS.COM saytidagi championat.asia sahifasiga obuna bo'lish tavsiya etiladi. Obuna bo'lish uchun MANA BU  erga bosing va "STAT FANATOM" tugmasini bosing.












Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia