CAFA U-15 Girls: O'zbekiston termasi Tojikistonni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi

Aslanov Jasurbek
28 avg 2017, 10:26
Tojikistonning G'issor shahrida kecha, 27 avgust kuni Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi bayrog'i ostidagi CAFA U-15 Girls xalqaro musobaqasi start oldi.

Dastlabki turda mezbon Tojikiston bilan to'qnash kelgan O'zbekiston qizlar termasi 8:2 hisobidagi yirik va ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Ilk turning yana bir o'yinida Eron va Qirg'iziston qizlari nursiz durang qayd etdi.


CAFA U-15 Girls Tournament
G'issor, Tojikiston
27 avgust, yakshanba

Tojikiston – O'zbekiston 2:8 (0:4)
O'zbekiston gollari
: Tojiniso Rashidova (5 ta), Diyora Jo'raboeva, Albina Boboqulova, Jasmina Abdug'anieva.

Eron – Qirg'iziston 0:0

Musobaqaning 1-turidan keyin turnir jadvali quyidagi ko'rinishni oldi.

 #

Jamoa

O'

G'

D

M

TN

O

1

O'ZBEKISTON

1

1

0

0

8-2

3

2

Qirg'iziston

1

0

1

0

0-0

1

3

Eron

1

0

1

0

0-0

1

4

Tojikiston

1

0

0

1

2-8

0

Karima Yo'ldosheva bosh murabbiyligidagi O'zbekiston qizlar termasi bugun, 28 avgust kuni Qirg'izistonga qarshi, 29 avgust kuni esa Eronga qarshi bahs olib boradi.

28 avgust, dushanba

19:00 Qirg'iziston – O'zbekiston
22:00 Eron – Tojikiston

29 avgust, seshanba

19:00 O'zbekiston – Eron
22:00 Tojikiston – Qirg'iziston

Foto: Tojikiston FF


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com