CAFA Futsal Cup 2023. O'zbekiston Afg'onistonga imkoniyatni boy berdi

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2023, 18:54
Tojikiston mezbonlik qilayotgan CAFA Futsal Cup 2023 musobaqasining ikkinchi turida O'zbekiston futzal terma jamoasi Afg'onistonga qarshi bahs yuritdi.

Uchrashuvda afg'onistonliklar irodali g'alabaga erishishdi – 3:4. Shunday qilib, Afg'oniston 6 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Eron, O'zbekiston va Turkmaniston 3 ochkoga ega bo'lsa, mezbon Tojikiston hali ochko qo'lga kiritgani yo'q. 

Tojikiston hamda Turkmaniston o'rtasidagi 2-turning so'nggi o'yini 20:00 ga belgilangan.

O'zbekiston – Afg'oniston 3:4

Gollar: Husniddin Nishonov 19', 20', 28' – Hamid Rizo Hosseyni 2', Musavi 34', Muhammad Ali Fayoziy 38'

O'zbekiston (asosiy beshlik): Ravshan Eliboev, Ixtiyor Ropiev, Ilhomjon Hamroev, Husniddin Nishonov, Davron Choriev.

Zaxira: Abbos Elmurodov, Mashrab Odilov, Xushnur Erkinov, Dilshod Rahmatov, Akbar Usmonov, Jamshid Rahmatullaev, Davron Abduvaliev, Sunnatulla Jo'raev, Abdulla Solihov.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia