"Buxoro"ga serbiyalik darvozabon keldi

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2022
Pro liga ishtirokchisi "Buxoro" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Serbiyalik darvozabon Nikola Stoshich "Buxoro" yig'iniga kelib qo'shildi va kechadan boshlab futbolchilar bilan birga mashg'ulotlarga kirishdi. Stoshich 2013-2019 yillar Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi sharafini himoya qilgan bo'lsa, 2020-2021 yillarda Serbiyaning "Jeleznichar Belgrad" va "Tek Sloga" jamoalarida o'ynagan", - deb yozadi "Buxoro" klubi matbuot xizmati. 

Ma'lumot uchun, Stoshich 1994 yil 15 mart kuni tug'ilgan. Bo'yi 184 santimetr. Transfermarkt portaliga ko'ra ko'ra uning ayni paytdagi transfer narxi 100 ming evroga teng.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia