"Buxoro" ketma-ket ikkinchi yil o'z uyida "Paxtakor"dan ochko oldi

Narzulla Saydullayev
16 may 2014, 11:41
Kecha oliy liganing 8-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Shiddatli kechgan o'yinda hisob ochilmadi - 0:0. Shu tariqa, "Buxoro" o'z maydonida ketma-ket ikkinchi yil "Paxtakor"dan ochko tortib oldi.

2013 yilgi mavsumda "Buxoro" o'z uyida "Paxtakor"ni 1:0 hisobida taslim qilgandi.

Bundan tashqari, ushbu mavsumda "Buxoro" o'z muxlislari qarshisida ketma-ket uchinchi o'yinda mag'lub bo'lgani yo'q. 4-turda "Metallurg"ni 2:1 hisobida mag'lub etgan Edgar Gess shogirdlari 6-turda "Bunyodkor" bilan durang o'ynashgandi - 1:1.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia