

Uchrashuvdan so'ng futbolchilarga bir kun dam berildi. “Buxoro” futbolchilari tiklanish mashqlarni olib borishdi.
Bugundan boshlab jamoa bevosita 17-tur uchrashuviga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Hammaga ma'lum-ki, 17-turni “Buxoro” safarda Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Ushbu uchrashuv 8 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Futbolchilarning kayfiyati a'lo darajada. Garchi ular “Bunyodkor”ga mag'lub bo'lishgan bo'lsa-da, o'yin borasida esa aynan buxoroliklar ustunlik qilishdi. Jamoa ko'rsatgan o'yinidan stadionga tashrif buyurgan barcha muxlislarning ko'ngli to'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Muxlsilarimiz “Buxoro” futbolchilarga minnatdorchilik bildirgan holda, gulduros qarsaklar bilan echinish xonasiga kuzatishgan edilar. Bu holat har bir futbolchining shijoatiga shijoat, kuchiga kuch bag'ishlashi tabiiy. Keyingu uchrashuvda jamoamizga omad tilab qolamiz.



