"Buxoro" ayollar jamoasi mavsumga tayyorgarlik boshlandi
Narzulla Saydullayev
25 fev 2019, 12:08
"Buxoro W" ayollar jamoasi bosh murabbiy Obid Rajabov boshchiligida yangi mavsum oldidan qizg'in tayyorgarlik olib bormoqda.
Murabbiy jamoaga mahalliy yangi futbolchi qizlarni jalb qilgan holda yordamchi murabbiy Ekaterina Langaeva va darvozabonlar murabbiyi Yusuf Rajabovlar ko'magida o'z qarorgohlarida muntazam ravishda mashg'ulotlar olib borishmoqda.