"Burgos" bilan muzokaralardan qochgan Ochoa Kipr jamoasiga o'tdi

Sherzod Nurmatov
12 sen 2025, 14:11
Kiprning AEL futbol klubi o'zining rasmiy saytida meksikalik darvozabon Gilermo Ochoaning transferi haqida e'lon qildi.

Qayd etilganidek, tomonlar shartnoma tuzish bo'yicha principial kelishuvga erishgan va u futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tganidan keyin kuchga kirishi kerak.

OAV ma'lumotlariga ko'ra, 40 yoshli Ochoa Ispaniyaning "Burgos" klubi bilan muzokaralar olib borgan. U shartnoma bandlaridan birini o'zgartirishni so'ragan hamda kofe ichishga chiqqan, keyin esa qaytmagan va qo'ng'iroqlarga javob berishni to'xtatgan.

Ochoaning so'nggi bor Portugaliyaning AVS SAD jamoasi sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u Yevropada "Ayachcho," "Malaga", "Granada", "Standard" va "Salernitana" liboslarida o'ynagan.

Ochoa Meksika terma jamoasi safida 152 o'yin o'tkazgan. Darvozabon uchta jahon chempionatida (2014, 2018, 2022) maydonga tushgan va yana ikkitasida (2006, 2010) qaydnomada bo'lgan, biroq tushmagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arabnews.com