"Bunyodkor": Xorijlik murabbiy va futbolchilarga qo'yilgan taqiq olib tashlandi

Aslanov Jasurbek
19 fev 2021, 12:23
Xabaringiz bor, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining tegishli qo'mitasi qaroriga ko'ra, O'zbekiston Professional futbol ligasi 5 fevral kuni "Bunyodkor" va bir qator klublarga 2021 yilgi mavsumda legioner futbolchilar hamda murabbiylarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'ygan edi.

"Musobaqalarni o'tkazish reglamenti"ning 6.27-bandiga muvofiq, legioner futbolchi xizmatidan foydalanayotgan klub yilda bir marta xorijlik o'yinchini ro'yxatdan o'tkazganlik uchun to'lov amalga oshirishi belgilangan. Kuni kecha "Bunyodkor" futbol klubi 2019-2020 yilgi mavsumlarda jamoa sharafini himoya qilgan legionerlar uchun amalga oshirilmagan to'lovlarni O'zPFLning hisob-raqamiga o'tkazib berdi. Shunga ko'ra, O'zPFL "Bunyodkor"ga qo'yilgan taqiqni olib tashladi va endi jamoa bemalol xorijlik futbolchi yoki murabbiyni 2021 yilgi mavsum uchun ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.




Reklama 




O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати