"Bunyodkor" Inomov ortga qaytganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
14 iyul 2025, 11:20
2023-2025 yilgi mavsumlarda "Bunyodkor" futbol klubi sport direktori lavozimida ishlab kelgan Islom Inomov yana klubga qaytdi.

"O'zPFL doirasidagi musobaqalarda ishtirok etayotgan jamoalarimizning natijalari ortda qolgan ikki yil davomida Islom Nurmuhammadovichning amalga oshirgan ishlaridan aks sado bermoqda. "Bunyodkor" futbol klubi Islom Nurmuhammadovich bilan hamkorlikni davom ettiradi, mutaxassis bilan kelishuvga erishganini ma'lum qiladi", – deyiladi klub xabarida.

Avvalroq 12 iyun kuni 2023 yilgi mavsumning ikkinchi qismidan e'tiboran sport direktori lavozimida ishlab kelgan Islom Inomov "Bunyodkor" futbol klubini tark etgani ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати