

“Qaldirg'ochlar” 3 yanvar kuni o'z qarorgohlarida yig'ilishdi va mashg'ulotlarni boshlab yuborishdi.
Baxtiyor Boboev boshchiligida o'tkazilayotgan tayyorgarliklar kuniga ikki mahaldan olib borilmoqda.
O'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, hozircha yangilardan Bekobodning "Metallurg" klubidagi o'yinlari orqali muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Shahzodbek Nurmatov tarkibga kelib qo'shilgan.



