"Bunyodkor" futbolchisi urgan gol "Bunyodkor"ni mag'lubiyatga uchratdi

Narzulla Saydullayev
14 mar 2019, 19:30
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "Chig'atoy" sport majmuasida o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishgani haqida xabar berib o'tgandik.

Lyubinko Drulovich boshchiligidagi futbolchilar bugun "Bunyodkor"ga qarshi nazorat o'yini o'tkazishdi. Uchrashuv 1:0 hisobida Olimpiya terma jamoasi g'alabasi bilan yakuniga etdi. Yagona golni 44-daqiqada olimpiya terma jamoamiz safida "Bunyodkor"ga tegishli bo'lgan Mirjahon Mirahmadov kiritdi.

Nazorat uchrashuvi
O'zbekiston OTJ - Bunyodkor - 1:0
Gol:
Mirjahon Mirahmadov (44)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif