“Bunyodkor” FK a'zolari Yangi yil oqshomida xonadoningiz mehmoni

Narzulla Saydullayev
31 dek 2014, 14:38
Yangi yil bayrami munosabati bilan “Bunyodkor” FK a'zolari Siz azizlarga o'z tabriklarini yo'llashadi.
O'zbekiston milliy teleradiokompaniyaning bir qator kanallarida jamoamiz a'zolari o'z chiqishlari bilan Siz azizlarni tabriklab o'tishadi.

Jumladan, O'zbekiston milliy terma jamoasi va “Bunyodkor” FK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov, yetakchi himoyachi Xayrulla Karimov, futbol maktabimiz tarbiyalanuvchisi Sarvarbek Karimov va klub matbuot xizmati raxbari Mirzahakim To'xtamirzaev o'z tabriklari bilan oynai jahon orqali xonadoningiz mehmoni bo'ladilar.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com