“Bunyodkor” – “Al-Fath” o'yinoldi matbuot anjumani

Narzulla Saydullayev
14 apr 2014, 12:25
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi 5-tur uchrashuvida Saudiya Arabistonining “Al-Fath” klubini qabul qiladi.
Ertaga, 15 mart, seshanba kuni “Paxtakor” markaziy stadionida “Bunyodkor” – “Al-Fath” uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

Tadbir soat 17:30da boshlanadi. Uning birinchi qismida jurnalistlar savollariga saudiyaliklar javob qaytarishsa, soat 17:45dan e'tiboran “Bunyodkor” ustozi Aleksandr Volkov va futbolchilardan biri OAV vakillari bilan muloqotga kirishadi.

“Bunyodkor” – “Al-Fath” o'yinoldi matbuot anjumaniga OAVning barcha bo'g'inlarida faoliyat yurituvchi jurnalistlarni taklif etamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com