

Italiya matbuotining ma'lumotiga ko'ra, Shomurodov "Roma" bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzadi. Hozircha bu klub tomonidan rasman tasdiqlanmadi. Yaqin vaqtlar ichida bu e'lon qilinishi kutilmoqda.
Amaldagi kelishuv ushbu mavsumdan keyin yakunlanishi kerak edi.
Ma'lumot uchun, Shomurodov "Roma" tarkibida 53 o'yinda qatnashib, 7 gol va 6 assist qayd etdi.



