Bugun terma jamoa ikkiga bo'linib o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
3 iyun 2017, 13:40
6 iyun kuni O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Tailandga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Uch kundan buyon Toshkentda yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston terma jamoasi bugun "Paxtakor" stadionida o'zaro o'yin o'tkazadi. Bu o'yin Tailand bilan bahsga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 6 iyun kuni Toshkentda Tailandga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Bellashuv “Bunyodkor” stadionida soat 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Eronga qarshi uchrashuv esa 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.

Ma'lumot uchun, JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 13 ochko bilan ikkinchi, O'zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.

FOTOMAQOLA. O'zbekiston MTJning mashg'uloti (02.06.2017)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia