

Bugun, 7 avgust kuni 1-tur uchrashuvlari davom etadi. “Karagyumruk” Istanbuldagi uy stadioni “Olimpiya”da “Alanyaspor”ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:15 da start oladi.
Mezbonlar safida o'yinni jarohati tufayli himoyachi Rayan Baniya, yarim himoyachi Karim Fray hamda hujumchi Kolin Kozim-Richards o'tkazib yuboradi.
Yozgi transfer vaqtida “Sharja”dan turk klub safiga kelib qo'shilgan Otabek Shukurov bugun yangi jamoasida rasmiy debyut qilishi mumkin. U “Sakaryaspor”ga qarshi (3:3) mavsumoldi o'rtoqlik bahsida zaxiradan maydonga tushgandi.
Fotihliklarning 2022/23 yilgi mavsum uchun qaydnomasi:




