

Milliy terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov to'p tepayotgan “Krasnodar” klubi Kaspiyskda “Anji” jamoasi mehmoni bo'ladi. Bugun Ahmedov o'zining sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushish imkoniga ega.
Ma'lumot uchun, “Krasnodar” yarim himoyachisi Odil Ahmedov “Anji” sharafini 2011-2014 yillar oralig'ida himoya qilgandi. Hamyurtimiz “Anji” libosida 110ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 6ta gol urgan edi.



