Bugun Nesterov jamoasi o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
7 fev 2019
O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov bugun "Oxod" safidagi ikkinchi uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.

Jamoa bugun Saudiya Arabistoni chempionatining 19-turi doirasida "Al Faysali"ni qabul qiladi. Mazkur bahs hamyurtimiz uchun yangi jamoasi safidagi ikkinchi uchrashuv bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, 3 fevral kuni darvozabon saudiyaliklar safida debyut qilgandi.

"Oxod" - "Al Faysali" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:50 da start oladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia