Manba: Ignatiy Nesterov "Navbahor" safiga qo'shiladi

Sherzod Nurmatov
29 iyun 2023
"Championat.asia" jurnalisti Tolibjon Qosimovning xabar berishicha, tajribali posbon Namanganga yo'l oladi.

"Oxirgi jamoasi "Qizilqum" bo'lgan tajribali darvozabon Ignatiy Nesterov yangi klubga o'tish arafasida. "Paxtakor" klubi mashg'ulotlarida ham ishtirok etgan posbon vodiyga yo'l oladi.

O'zbekistonda yozgi transfer oynasi 5 iyul kuni ochiladi. Ignatiy Nesterov iyul boshida "Navbahor" jamoasi safiga borib qo'shiladi. Tomonlar o'zaro kelishuvga erishgan.

Eslatib o'tamiz, "Navbahor"ni oldinda OCHL saralashi ham kutib turibdi", – deyiladi Tolibjon Qosimov xabarida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/qosimovt