Bugun "Navbahor" va "Metallurg" qaysi liboslarda o'ynashi ma'lum

Tolibjon Qosimov
15 may 2018, 11:29
Bugun Superliga 12-tur bellashuvlari davom ettiriladi. Namanganning “Navbahor” klubi o'z maydonida Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qiladi.

Kecha mazkur o'yin oldidan Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohda har ikki jamoa mutasaddilari, shuningdek, uchrashuv komissari Lazizbek Qo'chqorov ishtirokida miting o'tkazildi. Bu haqda namanganliklar matbuot xizmati xabar berdi. Unda bugungi uchrashuvga oid masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, bo'lajak o'yinda jamoalarning qanday rangdagi liboslarda to'p surishlari ham ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, bugungi bahsda “Navbahor” futbolchilari qizil, “Metallurg” vakillari esa to'q ko'k rangli libosda maydonga tushadigan bo'lishdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz