Bugun Messi tiklanish jarayonini davom ettirish uchun Argentinaga ketadi

Narzulla Saydullayev
29 noya 2013, 13:28
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi bugun Argentinaga yo'l oladi, deb yozmoqda Marca.
Futbolchi vatanida tiklanish jarayonining ikkinchi bosqichini boshlab yuboradi. Messi bilan birga Argentinaga uning turmush o'rtog'i, o'g'li va otasi ham yo'l olishadi.

Shu bilan birgalikda hujumchiga Argentina terma jamoasi shifokori ham hamroh bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Messi jarohat olgan va 2013 yilda o'ynamasligi aniq.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru