Bugun futbol. "Nasaf" - "Lokomotiv"

Mirjalol Normatov
26 may 2019, 10:29
Bugun, 26 may kuni Qarshidagi markaziy stadionda Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Lokomotiv" bahsi bo'lib o'tadi.

Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi. Quyida o'yinga oid bazi ma'lumotlarni keltirib o'tamiz. 


"Nasaf"

- "Nasaf" turnir jadvalida 14 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi. Jamoaning to'plar nisbati 14-9

- Bugun "Nasaf" o'z maydonida 6-uchrashuvini o'tkazadi. Ortda qolgan besh o'yinda qarshiliklar 3 marta g'alaba qozonib, bittadan durang va mag'lubiyat qayd etishdi. 

- "Nasaf" o'z uyida 10ta gol urib, 3ta to'p o'tkazib yuborgan. 

- "Nasaf" oxirgi to'rtta o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayapti. 

- Oxirgi to'rtta bellashuvda Ro'ziqul Berdiev shogirdlari uch marta g'alaba qozonib, bir bor durang o'ynashdi. 

- "Nasaf" oxirgi ikki turni Qarshida o'tkazib, "Qizilqum" bilan 1:1 o'ynadi va "Qo'qon-1912"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

- "Nasaf"ning eng yaxshi to'purari Xumoyun Murtazoev bo'lib turibdi, uning hisobida 7ta gol bor. 


"Lokomotiv"

- "Lokomotiv" musobaqa jadvalida 18 ochko bilan ikkinchi o'rinda boryapti. Jamoaning to'plar nisbati 15-7

- "Lokomotiv" shu paytgacha safarda 3ta o'yin o'tkazib, bittadan g'alaba, durang va mag'lubiyat qayd etdi. 

- "Lokomotiv" safar o'yinlarida uchta gol urib, o'z darvozasidan ham shuncha gol o'tkazgan.

- "Lokomotiv" oxirgi uchta o'yinni durang bilan yakunladi. "Temiryo'lchilar" safarda "Metallurg" va uyda "Qo'qon-1912", "Bunyodkor"ni enga olishmadi. 

- "Loko" oxirgi marta 6-turda g'alaba qozongan. Jamoa o'z maydonida "Qizilqum"ni 3:1 hisobida engdi. 

- "Lokomotiv" shu paytgacha "Nasaf"ga qarshi 28 o'yin o'tkazib, shundan 9tasida g'alabaga erishgan. 

- "Loko"ning Superligadagi eng yaxshi to'purari Temurxo'ja Abduxoliqov bo'lib turibdi. Uning hisobida 6ta gol bor. 


Oxirgi 5 o'yin

2018 y. "Nasaf" - "Lokomotiv" 2:1 

2017 y. "Nasaf" - "Lokomotiv" 2:0 

2016 y. "Nasaf" - "Lokomotiv" 1:2 

2015 y. "Nasaf" - "Lokomotiv" 1:0 

2014 y. "Nasaf" - "Lokomotiv" 2:5

Qarshida bo'lib o'tgan oxirgi beshta o'yinning uchtasida maydon egalari zafar quchgan. Shuningdek, ikki bor "Loko" g'alaba bilan qaytgan. Hozircha durang qayd etilmagan. To'plar nisbati 8-8.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz