Bugun "Al Jazira" "Real" bilan o'ynaydi, Rashidov tushmasa nimasi qiziq?

Xayrulla Xoliqov
13 dek 2017, 13:24
Bugun klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan o'rin olgan "Al Jazira" - "Real" bahsi bo'lib o'tadi. O'yin bizning vaqt bilan 22:00da boshlanadi.

Musobaqaning yarim finalidan o'rin olgan ushbu bahsga e'tibor yuqori bo'lishi mumkin edi, agarki ikki bellashuvda "Al Jazira" tarkibida hamyurtimiz Sardor Rashidov maydonga tushganida. Ammo avvalgi ikkita o'yinda bunday bo'lmadi. "Al Jazira" dastlab "Oklend Siti"ni, undan keyin "Urava Reds"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi, biroq har ikkala uchrashuvda Sardor Rashidov ishtirok eta olmadi.

Murabbiy uni zaxirada qoldirib, hatto ikkinchi taymda ham tushirmadi. Mana endi bugun "Al Jazira" Yevropa chempionlar ligasi g'olibi "Real" bilan o'ynaydi. Yutgan finalga yo'l oladi. Hozir biz uchun kim g'alaba qozonishidan ko'ra, Rashidovning maydonga tushish-tushmasligi birlamchi bo'lib turibdi. Agar jizzaxlik yarim himoyachi o'yinda ishtirok etsa, bundan hammamiz xursand bo'lamiz. Mabodo yana zaxirada qoladigan bo'lsa, unda "Al Jazira" "Real" bilan o'ynadi nima-yu, boshqa bilan o'ynadi nima.

X.Xoliqov.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif