Bugun 16:00. O'zbekiston U-16 - Hindiston U-16

Narzulla Saydullayev
22 sen 2019, 08:29
Shu kunlarda Toshkentda U-16 Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari o'tkazilmoqda.

Unda Azamat Abduraimov boshchiligidagi o'smirlar terma jamoasi ishtirok etmoqda. Bugun saralashning so'nggi, 3-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. 


Ilk turda vakillarimiz Bahraynni 3:1, ikkinchi turda Turkmanistonni 3:2 hisobida mag'lub etishgandi. Bugun Azamat Abduraimov shogirdlari "Jar" stadionida Hindistonni bilan o'ynaydi. Hindiston bundan oldingi ikkala o'yinda ham 5:0 hisoblarida g'alaba qozongan.


U-16 Osiyo chempionati-2020 saralashi

“B” guruhi

18 sentyabr

16:00 | TTYMI stadioni
Hindiston – Turkmaniston 5:0

16:00 | Jar stadioni
O'zbekiston – Bahrayn 3:1


20 sentyabr
16:00 | Jar stadioni
Turkmaniston – O'zbekiston 2:3

16:00 | TTYMI stadioni
Bahrayn – Hindiston 0:5


22 sentyabr
16:00 | Jar stadioni
Hindiston – O'zbekiston

16:00 | TTYMI stadioni
Bahrayn – Turkmaniston

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia