Bahrayndagi U-16 Osiyo chempionati noyabr oyiga qoldirildi

Narzulla Saydullayev
20 may 2020, 14:42
Koronavirus pandemiyasi tufayli OFK qita chempionatini noyabr oyiga qoldirishga qaror qildi.

Aslida musobaqa 16 sentyabrdan 3 oktyabrga qadar bo'lib o'tishi kerak edi.

Osiyo chempionatida quyidagi 16ta terma jamoa ishtirok etadi: Bahrayn (mezbon), Tojikiston, Hindiston, Eron, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Xitoy, Avstraliya, KXDR, Yaponiya, Janubiy Koreya, Yaman, Indoneziya, O'zbekiston, Ummon.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston U-16 terma jamoasiga ayni paytda Olim Shokirov murabbiylik qilmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia