

Aynan shu yo'l-yo'l qog'ozga o'ralgan shirinlikni men bilan baham ko'rgan 50 yoshlik hamkasbim Fillip, bolaligidanoq Berlin klubining ashaddiy muxlisi. Klubni o'zgartirish partiyani o'zgartirishdan ham ko'ra yomon, deb kuladi Fillip.
Umuman olganda, kupchilik uchun Bundesliga Premer-liga yoki La liga kabi qizikarli emasdek, ommabop emasdek kurinadi. Ammo, bu haqiqatdan yiroq bo'lishi ham mumkin. Kuzatuvchilarning fikricha, Bundesliga butun dunyo buyicha o'zining doimiy muxlislariga ega. Yaqinda Angliyada chop etila boshlagan, va butun dunyodan obuna bo'lina boshlagan Halb Vier jurnali bunga misol.
Angliyadan Bundesliga matchlari uchun Germaniyaga uchib keladigan muxlislar ham koronavirus pandemiyasiga qadar talaygina bo'lgan. Xush, Angliya futbolsevarlariga nima yetmaydi? Nemis futbolining o'ziga xosligi nimadan iborat? Mening fikrimcha, Bundesliga bu muxlislarning ligasi. Angliya ligasining sifati, o'yinchi, trenerlarning saviyasi haqida gap yo'q. Ammo, ulardagi cheklovlar, muxlislarning so'z erkinligi ham farqli.
Bundesliga fanatlar uchun. Bundesligaga muxlislar egalik qiladi. 75 foizi oligarxlarga tegishli bo'lgan Angliya futbolidan Bundesliga ancha boshqacha - u xalqniki. Aynan shu jihatini sogingan, futbol tribunasida baqir-chaqir qilib ashula aytgisi kelgan anglichanlar samolyotga o'tirib Germaniyaga futbol ko'rish uchun kelishining sababi ham shunda. Ular Bundesliga o'yinlarini 80 yillarning Angliya futboliga o'xshatishadi narxlar ham arzonroq.
74475 mingta muxlisni sig'dira oladigan Berlindagi Olimpiyskiy stadionida Geisterspiel yani arvoh o'yinlar, maska va dezinfektantlar bilan davom etgan Gerta esa hamon muxlislar qalbida. Gertachilar klub sharflarini o'rab, firmenniy shokoladini ko'tarib mehmonga borishadi, krujkalardan kofe ichishadi. Ular tirik futbol boshlanishini sabrsizlik bilan kutishdi.






Matluba Mustaeva
Berlin, Germaniya



