

Mezbon futbolchilar hakamning bu qarorini o'zgartirishini yalinib yolvorishdi. Ammo bu harakatlar samarasiz edi. Shunda g'azab otiga mingan mezbon jamoaning futbolchisi 11 metrlik belgiga yaqinlashdi va to'pni o'z darvozasiga joylab qo'ydi. Hakam, hech nima sodir bo'lmagandek maydon markazini ko'rsatdi. Ehtimol, ushbu gol penaltidan urilgan yagona avtogol bo'lgandir.



