Bu qiziq. "Paxtakor" o'yiniga 1 soat 43 daqiqaga kech qolgan Alimov

Narzulla Saydullayev
15 okt 2019, 12:35
1962 yilgi mavsum oxirida Toshkentda Paxtakor va Kievning Dinamo jamoalari o'rtasida chempionat o'yini o'tkazilgan.

Uchrashuvni tomosha qilish uchun 60 ming ishqiboz tashrif buyurgan. Bahsga hamma narsa tayyor edi, faqat hakamdan tashqari.

Bellashuvga moskvalik Sergey Alimov tayinlangandi, ammo noqulay ob-havo tufayli u Moskva aeroportida bir sutkadan ko'proq o'tirgan. Samolyotga o'tirar ekan, kech qolganini bilgan Alimovni bir narsa o'ylantirardi: Kutishadimi yoki yo'qmi?.

Stadion esa kutardi. "Paxtakor"da o'tirganlardan hech kim tunni uxlamasdan o'tkazgan hakamga samolyotdayoq kiyimni almashtirib olish haqida aytilganini bilmasdi. Alimov samolyotning o'zida kiyimini almashtirib oladi.

Volga avtomobili hakamni samolyot trapidan to'g'ri stadionga etkazib keladi. O'yin 1 soat 43 daqiqa kechikib boshlanadi. O'shanda "Paxtakor" bellashuv yakunida Yuriy Belyakov tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g'alaba qozongan. Hakam esa uyqusiz tunga qaramay, o'yinni juda yaxshi boshqarib borgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz