Bu dahshat! Benzema so'nggi 7 o'yinidagi 12-golini urdi!

Mirjalol Normatov
7 apr 2022, 00:38
Ayni damda "Real" YCHL chorak finali doirasida "Chelsi" mehmoni bo'lmoqda.

Uchrashuvning 21 va 24-daqiqalarida Karim Benzema dubl qayd etib, hisobning 0:2 bo'lishini taminlab turibdi.

Qayd etish kerak, fransiyalik forvard so'nggi 7 o'yinidagi 12-golini urdi. Bunga qadar u "Selta" va "Malorka"ga ikkitadan, "Real Sosedad", "Rayo Valekano" va "Alaves"ga bittadan gol urgan bo'lsa, PSJ darvozasini uch marta aniq nishonga olgandi. Hozir esa u birinchi taym yakunlanmasidan "Chelsi"ga ikkita gol urdi.

21 mart kuni esa u "Barselona"ga qarshi o'yinni jarohati sababli o'tkazib yuborgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia