Brunu Fernandesh - APLning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi

Mirjalol Normatov
9 mar 2020, 20:30
"Manchester Yunayted" futbolchisi Brunu Fernandesh APLda fevral oyining eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

25 yoshli Fernandesh o'tgan oyda APLda 3 o'yin o'tkazdi va 1 gol hamda 2 assistentlik qayd etdi. Shuningdek, ushbu barcha bahslarda eng yaxshi o'yinchi bo'ldi.

Fernandesh MYUga shu yilning qishida o'tgandi va shu paytga qadar jamoa tarkibida 8 o'yinda 3 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: premierleague.com